18:29 / 12.01.2017
9975

Poroshenko Odessa viloyatining yangi gubernatorini tanishtirdi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Maksim Stepanovni Odessa viloyati ma'muriyatining yangi rahbari sifatida tanishtirdi. Bu haqda «Dumskaya» nashri xabar bergan.

Stepanov 2008-2010 yillarda Odessa viloyati gubernatori o‘rinbosari sifatida ishlagan, u Viktor Yanukovich hokimiyat tepasiga kelganida ishdan olingandi.

Poroshenko yangi gubernatorga viloyat yo‘llarini yaxshilashni va aholining turmush darajasini oshirishni vazifa qilib bergan.

Uning o‘zi yaqin vaqtlar ichida viloyatga tashrif buyurib, vaziyat bilan tanishishi kutilmoqda. U o‘z tashrifini Pasxa kunlarida amalga oshirishni mo‘ljallagan.

2016 yilning 10 noyabrida Poroshenko Mixail Saakashvilini Odessa viloyati gubernatorligidan iste'foga chiqargandi.

Mavzuga oid
Top