20:25 / 12.01.2017
6071

"Toyota" 10 yil ichida ilk xot-xetch modelini yaratdi

Foto: m

"Toyota" kompaniyasi "quvvatlangan" Yaris xetchbekining ilk suratlarini chop etdi. Bu model kompaniyaning 10 yil ichidagi ilk xot-xetchi bo‘ldi: 2007 yilda konveyerdan "Korolla" T-Sport olingan, undan avval – 2005 yilda esa bozordan "Yaris" T-Sport ketgan. Yangi modelning ommaviy namoyishi mart oyida Jyenevadagi motorshouda bo‘lib o‘tadi.

"Toyota" Yaris’ning yaratilishini ilk marta o‘tgan yilning oxirida o‘zining WRC poyga jamoasi va "Yaris"ning poyga varianti namoyishida e'lon qilgan. Oddiy xot-xetch haqida hozircha uncha ko‘p ma'lumot yo‘q. Shunisi ma'lumki, model faqatgina uch eshikli variantda, kuzovda poyga mashinasining ko‘rinishini eslatuvchi nakleyka, tajovuzkor osma detallar va katta spoyler bilan sotiladi. 

Xot-xetchning motori 210 ot kuchidan ko‘proqni tashkil qiladi. Ehtimol, bu 1,6 litrli benzinli turbomotor bo‘lishi mumkin. Shunday hajmdagi dvigatel poyga avtomobiliga o‘rnatiladi.

Shu tariqa, yangi Yaris modeli Peugeot 208 GTi va Ford Fiesta ST200 mashinalari bilan raqobatlashishi mumkin. Peugeot 208 GTi 100 km/soatga 6,2 soniyada, Ford Fiesta ST200 esa 6,7 soniyada erishadi.  

Kompaniya yangi model haqida batafsil ma'lumotni Jyenevadagi premeradan avval berishga va'da qilgan.

Xot-xetch deb quvvatli dvigatel, sport mashinalariga xos podveska, kuzovning qo‘shimcha aerodinamik eyelementlariga ega xetchbekka aytiladi.

Top