12:44 / 12.01.2017
12762

Turkiyalik deputatlar Konstitutsiya islohotini muhokama qilish chog‘ida mushtlashib ketishdi

Foto: IHA

Turkiya parlamentining hukmron adolat va rivojlanish Partiyasi (ARP) va muxolif Xalq-respublika partiyasi deputatlari mamlakat Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish masalasini muhokama qilish chog‘ida ommaviy mushtlashuv uyushtirishdi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.

Mamlakatning asosiy qonuniga o‘zgartirishlar kiritish loyihasi parlamentga adolat va rivojlanish partiyasi tomonidan kiritilgandi.

Mushtlashuv muxolifat deputatlari tribunani to‘sib qo‘yishga harakat qilgan payt ro‘y bergan. Shundan so‘ng, ARP deputatlari ular bilan mojaroga kirishishdi. Bir necha kishi jarohat oldi, ARP rahbari o‘rinbosari Fotih Shaxinning esa burni singan. Mushtlashuv davomida mikrofon va stullar ham sindirildi – deputatlar ularni bir-biriga qarata otgan.

Foto: IHA 

Turkiya parlamenti konstitutsiyaga kiritilayotgan tuzatishlarni, bunga 330 deputat ovoz bersa, referendumga olib chiqadi. Kutilishicha, ARP va milliy harakat Partiyasi parlamentda umumiy qo‘shib hisoblaganda 335 o‘ringa ega. Boshqa ikki muxolif partiya: xalq-respublika va xalqlar demokratiyasi partiyalari Turkiyada prezidentlik tizimini amalga kiritishga qarshi chiqmoqda. 

Ushbu ikki partiya mamlakat prezidenti Toyyib Erdo‘g‘anni o‘z qo‘lida yagona hukumatni o‘rnatishga intilishda ayblamoqda.

Top