19:16 / 12.01.2017
9413

"O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nishoni o‘z egalariga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyida "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakillari, harbiy xizmatchilar, oliy harbiy o‘quv yurtlari kursantlari, madaniyat va san'at namoyandalari, jurnalistlar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari M.Soliyev va boshqalar milliy armiyamiz harbiy xizmatchilarining yuksak mahorati va ma'naviy fazilati, vatanparvarligi Qurolli Kuchlarimizning jangovar qobiliyatini ta'minlayotganini ta'kidladi. Harbiy xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimining takomillashtirilayotgani mustaqillik yillarida harbiy sohada amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu harbiy xizmatchilarning bilim va mahoratini mustahkamlash imkonini bermoqda.  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan davlatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash va milliy armiyamiz shakllanishiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh harbiy xizmatchilarga "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi. 

Top