10:45 / 13.01.2017
11466

Homiylar Shumaxerni tark etmoqda

Foto: «Rambler.novosti»

Germaniyalik avtopoygachi, «Formula-1» poygalarida 7 marta chempion bo‘lgan Mixael Shumaxer yana ikki homiysini yo‘qotdi.

Maquina do Esporte xabariga ko‘ra, Audemars Piguet (soatlar ishlab chiqaradi) va Hormann (garajlar uchun darvozalar) Shumaxer bilan hamkorlikni to‘xtatgan.

Bungacha ayni davolanishda bo‘lgan poygachi bilan hamkorlikni et Set, Navyboot, Rosbacher va Erlinyo kompaniyalari ham uzgandi. Deutsche Vermögensberatung esa 48 yoshli sportchini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda va uning o‘g‘li Mika Shumaxerga homiylik qilmoqda.

Ayni vaqtda Mixail Shumaxer to‘shakdan ko‘tarila olmaydi, lekin kresloda o‘tirishi mumkin. U shuningdek, atrofidagi yaqinlarini taniy oladi.

2013 yil dekabrida Shumaxer tog‘-chang‘i trassasida boshidan jiddiy jarohat oldi, buning oqibatida miyasining ikki pallasi ham zarar ko‘rdi. Sobiq poygachi 2014 yil sentabridan buyon Shveytsariyadagi dala hovlisida reabilitatsiya kursidan o‘tib kelmoqda.

Uning davolanishiga uch yilda qariyb 14 mln funt sarflandi.

Mavzuga oid
Top