11:10 / 13.01.2017
20798

Pinngle yangi bepul messenjeri o‘zbek tiliga o‘girildi

Yangi Pinngle messenjeri sizni 2017 yil bilan qutlab, yaxshi yangiliklar, yoqimli sovg‘alar va quvonchli voqealarni tilab qoladi! Biz «Yangi yil Pinngle bilan» tanloviga yakun yasar ekanmiz, smartfon, planshet va power bank sohiblarining nomlarini e'lon qilishga va g‘olib chiqqan skrinshotlarni taqdim etishga tayyormiz.

Bugun Pinngle messenjerning yangilangan versiyasini taqdim etadi: ilova oldingiga nisbatan barqaror ishlamoqda, qo‘ng‘iroqlar deyarli bir zumda ulanyapti, mavjud baglar to‘g‘irlandi, Pinngle ilovasining hozirgi va bo‘lg‘usi foydalanuvchilari uchun muhim yangilanishlar joriy etildi.

Pinngle ilovasining hatto sekin ishlaydigan internet sharoitlarida ham juda yaxshi ishlashiga o‘zingiz baho bering!

Ilovani YuKLAB OLISh:

         

         

    

O‘zbek tilidagi versiya 

O‘zbekistonning barcha hududlaridagi foydalanuvchilar uchun maxsus yaratilgan Pinngle ilovasining o‘zbek tiliga ega yangilangan interfeysini kutib oling. Endi siz ilovani o‘rnatish paytida o‘zingizning ona tilingizda ishlaydigan interfeysni tanlashingiz yoki mavjud til versiyasini unga almashtirishingiz mumkin.

Guruhli chatlar

Jamoaviy chatlar funksiyasi joriy etildi. Endi siz o‘zaro matnli xabarlarni almashish va do‘stlar, tanishlar, xodimlar va sheriklar bilan muloqot qilish uchun guruhlarni yaratishingiz mumkin. Buning uchun ekrandagi «plyus» belgisini bosing, bir nechta zarur kontaktlarni tanlang va guruhli chatni boshlang. 

Tez orada guruhli audio- va video chatlardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Agar smartfoningizda Pinngle ilovasi bo‘lmasa, uni mavjud messenjerlar qatoriga qo‘shing. Bundan aslo afsuslanmaysiz: Pinngle sekin ishlaydigan internetga moslashtirilgan bo‘lib, boshqa messenjerlar ishlamaydigan joyda ham yaxshi ishlaydi! Pinngle haqida ayniqsa sizdan uzoqda yashaydigan yaqinlaringizga va tanishlaringizga gapirib bering... Va yangiliklarimizni kuzatib boring, Pinngle hali ko‘plab qiziqarli narsalarni tayyorlab qo‘ygan!

Pinngle bilan har doim va hamma yerda aloqada qoling! Ilovani YuKLAB OLISh:

 

Reklama huquqi asosida.

Top