21:15 / 13.01.2017
8260

Pokistonda yuk mashinasi maktab binosiga yurib bordi, qurbonlar bor

Pokistonning shimoli-sharqida, Kashmir vohasi hududida yuk mashinasi qizlar maktab binosi ustiga yurib borishi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan, yana 30 kishi jarohatlangan.

Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, bu hodisa Bagh viloyati hududida ro‘y bergan. Yuk mashinasida un ortilgandi, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va bir guruh bolalar tomon yurib, oxir-oqibat maktab binosiga urilib to‘xtagan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, haydovchi voqea joyidan qochib ketgan ammo u tez orada qo‘lga tushgan.

Qurbonlarning 4 nafari to‘rtinchi sinf o‘quvchilari edi, shuningdek ularning o‘qituvchisi halok bo‘lgan.

Jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilgan.

Mavzuga oid
Top