21:56 / 14.01.2017
3349

Yaponiya va Avstraliya birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlar haqidagi kelishuvni imzolashmoqchi

Foto: RIA

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va uning avstraliyalik hamkasbi Malkolm Ternbull yil oxirigacha birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish haqidagi kelishuvni tuzishmoqchi. Bu haqda Kiodo axborot agentligi xabar bermoqda

Ikki davlat yetakchisi qurollanish sohasida o‘zaro xizmat ko‘rsatish va yetkazib berishlar bo‘yicha kelishuvni imzolashdi. Abe va Ternbull mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha choralarni konkretlashtirish uchun mudofaa vazirlariga tegishli tayyorgarchilik ishini o‘tkazish haqida ko‘rsatma beradilar.

Shuningdek, ikki yetakchi Oq uyning yangi ma'muriyati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqchilar.

Abe Avstraliyaga o‘zining Osiyo bo‘ylab turnesi doirasida tashrif buyurdi. Abe turnesini Indoneziya va Vetnamga safari bilan davom ettiradi.  

Mavzuga oid
Top