Ispaniya chempionatining 18-turidan olgan uchrashuvda «Barselona» «Las-Palmas»ni qabul qilib yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Luis Suares dubl qayd etgan bo‘lsa, Lionel Messi, Arda Turon va Aleysh Vidallar bittadan to‘p kiritib umumiy 5:0 hisobini yuzaga keltirishdi.
«Barselona» ushbu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 38taga yetkazib oldi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Las-Palmas» esa (24 ochko) sakkizinchi o‘rinda bormoqda.
Ispaniya la-ligasi, 18-tur
Barselona - Las-Palmas 5:0 (1:0)
Gollar: Suares (14, 57), Messi (52), Turon (59), Vidal (80).
Barselona: ter Stegen, Aleish Vidal, Umtiti, Alba, Andre Gomesh (Rakitich, 62), Maskerano, Rafinya, Buskets (Mate, 73), Turon, Messi, Suares (Pako Alkaser, 68).
Las-Palmas: Varas, Lemos, Elder Lopesh, Masedo, Garsiya Santana (Artiles, 34), Boateng, Viyera, El-Jar (Livaya, 74), Gomes (Garsiya, 62), Dominges, Mesa.
Ogohlantirishlar: Mesa (2), Rafinya (25), Maskerano (29), Andre Gomesh (32), Elder Lopesh (41), Boateng (55), Livaya (77).