11:02 / 14.01.2017
8239

OAV: Rossiya Tramp ma'muriyatini Suriya bo‘yicha Ostona muzokaralariga taklif qilgan

foto: AP

Rossiya rahbariyati AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ma'muriyatini Suriya inqirozi bo‘yicha Ostonada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarga taklif qilgan. bu haqda Washington Post gazetasi o‘z manbasiga asoslangan holda yozmoqda. 

Nashrga ko‘ra, Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyak 28 dekabrda Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Flinn bilan telefon orqali suhbatida ushbu taklifni bildirgan. 

Shu bilan birga, manbaning aytishicha, muloqot chog‘ida bu borada yakuniy xulosa bildirilmagan. 

Avvalroq, davlat departamenti, rasmiy Vashington Suriya bo‘yicha Ostona uchrashuviga hech qanday rasmiy taklif olmaganini, ammo ushbu masala yuzasidan Turkiya va Rossiya bilan doimiy aloqada ekanini ma'lum qilgan edi.

Top