11:40 / 15.01.2017
14412

Saratov yaqinidagi avtohalokat oqibatida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari halok bo‘ldi

Rossiyaning Saratov viloyati hududida Toyota miniveni va Volvo rusumli yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. RIA Novosti xabariga ko‘ra, qurbonlar MDH davlatlari fuqarolari edi.

Interfaks agentligi respublika favqulodda vaziyatlar vazirligiga asoslanib xabar qilishicha, avtohalokat oqibatida 5 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘lgan.

«Region 64» xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlarning barchasi (2 ayol va 5 erkak) Toyota minivenida ketayotganlar edi, jumladan haydovchi. Qurbonlardan biri o‘zbekistonlik ekani aytilgan.

Ayni vaqtda ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Top