15:36 / 15.01.2017
20514

Video: Shvetsiyalik bokschi jang vaqtida referini nokdaun holatiga tushirdi

Boks bo‘yicha ikkinchi o‘rta vaznda (76,2 kilogrammgacha vazn toifasi) jahon chempioni (WBC -  Butunjahon boks kengashi) bo‘lmish shvetsiyalik Badu Jyek Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari uchun buyuk britaniyalik Jyeyms Digeylga qarshi kechgan jang vaqtida tasodifan referiga kuchli zarba berib yubordi. Bu vaziyat videosi YouTube portalidagi Boxing Freaks kanaliga joylashtirilgan.

Bu jang yakshanbaga o‘tar kechasi, Nyu-Yorkda o‘tkazilgan va durang natija bilan yakunlangan.

Referi Artur Merkante bokschilarni ajratib qo‘ymoqchi bo‘lganida Jyekning chap qo‘lda yo‘naltirgan zarbasi unga borib tekkan. Shundan so‘ng referi yiqila boshlagan, shvetsiyalik bokschi esa uni suyab qolib, uzr so‘ragan.

Mavzuga oid
Top