11:36 / 16.01.2017
17503

Klopp va Mourino o‘rtasida dahanaki jang yuz berdi

"Manchester Yunayted" va "Liverpul" bosh murabbiylari Joze Mourino va Yurgen Klopp o‘rtasida Angliya chempionatining 21-turi uchrashuvi vaqtida dahanaki jang yuz berdi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv "MYu"ning 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Voqea 2-bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda sodir bo‘ldi. Kelishmovchilikka "MYu" yarim himoyachisi Ander Erreraning raqib jamoa hujumchisi Roberto Firmino bilan maydon markazidagi to‘qnashuvi sabab bo‘lgan.

Nizoga qaramay, ikki murabbiy o‘yindan so‘ng bir-birlarini qo‘llarini siqib qo‘yishgan.

Top