08:56 / 16.01.2017
6893

LG kompaniyasining “Devordagi tasvir” dizaynli W7 seriyasidagi SIGNATURE televizori CES 2017 ko‘rgazmasida «Yaxshilar ichra eng yaxshisi» maqomi bilan taqdirlandi

LG Electronics texnologik yetakchisi CES innovatsiyalar ko‘rgazmasida 90dan ortiq mukofot va e'tirofga sazovor bo‘ldi. 

LG Electronics (LG) kompaniyasi CES® 2017 ko‘rgazmasida 90dan ortiq mukofotni qo‘lga kiritdi. Ularning orasida eng diqqatga sazovori - Engadget CES Best of the Best rasmiy mukofoti inqilobiy yangi OLED 4K’li LG SIGNATURE W7 televizori uchun topshirildi. Shuningdek LG kompaniyasi W7 televizori va LG Smart Insta View muzlatgichi uchun yana bir qator nufuzli mukofotlar sohibiga aylandi. LG dunyo nashrlarining top mukofotlaridan tashqari, Iste'molchi Texnologiyalari Assotsiatsiyasi (ITA) tomonidan maishiy texnika, ko‘ngilochar uy texnologiyasi va mobil aloqa turkumida CES Innovation Awards’ning 21 mukofotiga ega bo‘ldi. 

LG kompaniyasi CES 2017’da mutlaqo yangi LG SIGNATURE mahsulotlarini namoyish etdi, W seriyadagi LG SIGNATURE OLED televizori ham shular jumlasidandir – u 20dan ortiq mukofotga munosib ko‘rildi, ekspertlar va ko‘rgazma mehmonlari mutlaqo yangi “Devordagi tasvir” dizaynidan katta taassurot olishdi. Shuningdek ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritgan LG Smart Insta View muzlatgichi 29 dyuymli sensor LCD - displey, Amazon’ning Alexa tovushli servisi va Wi-Fi’ni qo‘llovchi ko‘plab funksiyalar bilan ta'minlangan.

Mukofotlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

CES 2017 ko‘rgazmasida namoyish qilingan LG kompaniyasi mahsulotlari haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun www.LGnewsroom.com saytiga tashrif buyuring. 

# # #

LG Electronics, Inc kompaniyasi haqida

LG Electronics, Inc iste'molchi elektronika, mobil aloqa va maishiy texnika bozoridagi innovatsion texnologiyalar ishlab chiqaruvchisi va dunyo yetakchisi hisoblanadi. Kompaniyaning 119 mamlakatidagi filiallarida jami 77 000 kishi faoliyat yuritadi. Global sotuvlar hajmi 2015 yilda 48,8 milliard AQSh dollarini (56,5 trillion koreys voni) tashkil qildi.

LG kompaniyasi to‘rt biznes bo‘limga ega: Home Entertainment, Mobile Communications, Home Appliance&Air Solution va Vehicle Components. U yassi panelli televizorlar, mobil qurilmalar, konditsionerlar, kir yuvish mashinasi va muzlatgich ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi kompaniyalardan biridir. LG Electronics kompaniyasi 2015 yilda ENERGYSTAR’ning Yil Hamkori hisoblanadi. Shuningdek LG Electronics kompaniyasi InternationalCES® InnovationsAwards’ning 21 mukofoti bilan taqdirlandi. LG Electronics kompaniyasi haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun www.LG.kz’ga marhamat qiling.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top