12:33 / 16.01.2017
14635

Shakira Pike "Barselona"ni tark etishini istamoqda

"Barselona" yarim himoyachisi Xerard Pikening rafiqasi, mashhur qo‘shiqchi Shakira turmush o‘rtog‘iga Ispaniyada katta bosim o‘tkazilayotgani sababli uning klubni tark etishini istamoqda. Bu haqda Don Balon nashri xabar bermoqda

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘shiqchi futbolchi bilan Londonga ko‘chib o‘tishni istamoqda. Bu yerda Pike avval unga qiziqish bildirgan "Chelsi" yoki "Arsenal" safida to‘p surishi mumkin.

Pike o‘z faoliyatini "Manchester Yunayted"da boshlagan va bu klub uchun 2004 yildan 2008 yilgacha to‘p surgan, so‘ngra "Barselona"ga o‘tgan.

Top