19:00 / 16.01.2017
4697

Shahzoda Charlz iqlim o‘zgarishi haqida kitob yozdi

Foto: PENGUIN

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning katta o‘g‘li shahzoda Charlz iqlim o‘zgarishi masalaciga bag‘ishlangan kitob yozdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Kitob 26 yanvardan boshlab sotuvga chiqariladi. U kattalar uchun iqlim o‘zgarishi bo‘yicha boshlang‘ich qo‘llanma bo‘lishi mumkin.

Shahzodaga kitob yozish g‘oyasi 2015 yilda kelgan. U Parijda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiyasi doirasida tashkil etilgan matbuot anjumaniga tashrif buyurgandi. Charlz u yerda bu murakkab mavzu bo‘yicha oddiy va tushunarli adabiyot yo‘qligiga e'tibor qaratdi.

PENGUIN

Kitob iqlimshunos Emili Shakburg va atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha mutaxassis Toni Juniper bilan hammualliflikda yozildi. Qo‘lyozma Qirollik meteorologiya jamiyati olimlar jamoasi va yetti nafar iqlimshunos tomonidan ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng uni bosmaga topshirishga qaror qilindi.

Shahzoda Charlz iqlim o‘zgarishi muammosiga birinchi marta e'tibor qaratayotgani yo‘q. Avvalroq u bunday o‘zgarishlarga ishonmaydigan kishilarni “miyasi yo‘q jo‘jalar” deb atagandi.

LADYBIRD

 

Top