20:39 / 16.01.2017
15037

O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholi soni 13,3 millionga yetdi

2016 yil hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning iqtisodiy faol aholisi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga o‘sdi va 13 million 298 ming kishini tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Davlat sektorida faollik 17,7 foizni  (2015 yilda 17,9 foizni tashkil etgan), nodavlat sektorda — 82,3 foizni (82,1 foiz) tashkil etdi.

2016 yilning yanvar-dekabr davrida kichik tadbirkorlik bilan bandlar ulushi 78,1 foizgacha o‘sdi (2015 yilda 77,9 foizni tashkil etgan).

Ish bilan bandlar soni quyidagi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha sezilarli darajada o‘sgan, ya'ni tashish va saqlashda (3,8 foizga), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda (3,6 foizga), qurilishda (3,4 foizga), axborot va aloqada (3,1 foizga) va savdoda (2,7 foizga).

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ish bilan bandlar ulushi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 27,7 foizni, sanoatda 13,6 foizni, savdoda 10,9 foizni, qurilishda 9,5 foizni, ta'limda 8,3 foizni tashkil etgan.

Ish bilan bandlar sonining iqtisodiy faol aholi sonidagi ulushi 94,8 foizni, mos ravishda respublikada ishsizlik darajasi 5,2 foizni tashkil etgan (O‘tgan yilgi holat o‘zgarmagan).

Mavzuga oid
Top