18:35 / 17.01.2017
5542

Alibaba qalbaki mahsulotlar bilan kurashga jiddiy kirishdi

Xitoyning internet-tijorat sohasida faoliyat yurituvchi Alibaba kompaniyasi o‘z savdo maydonchalarida qalbaki mahsulotlar bilan kurash kampaniyasini boshladi. Bu haqda The Fashion Law yozmoqda.

Alibaba bunday mahsulotlar bilan kurash chorasi sifatida nufuzli brendlar, savdo assotsiatsiyalari va intellektual mulk sohasidagi ekspertlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Ular orasida Louis Vuitton, Swarovski va boshqa mashhur markalar bor.

Kompaniya bunday hamkorlik bozor ishtirokchilariga kompaniya bilan intellektual mulk sohasidagi tajribalarini o‘rtoqlashish imkonini berishidan umid qilmoqda. Alibaba buning o‘rniga alyans a'zolariga qalbaki mahsulotlar borasidagi ma'lumotlar va texnik ko‘mak taqdim etadi.

Mavzuga oid
Top