14:21 / 17.01.2017
13384

«Lokomotiv» yana bir yetakchisini sotib yubordi

«Lokomotiv»ni jamoaning asosiy tarkib futbolchilaridan yana biri, yarim himoyachi Sanjar Shoahmedov tark etdi. U o‘tgan mavsum oliy liganing barcha o‘yinlarida maydonga tushgan sanoqli futbolchilardan biri bo‘lgandi.

Toshkentliklar jamoasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u ham hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov singari Qatarning «As-Sayliya» klubiga o‘tgan. 

Sanjar Shoahmedov 16 yanvar kuni tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan va yangi jamoasi bilan bir yarim yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Endilikda u ham faoliyatini Qatar Yulduzlar Ligasida davom ettiradi.

O‘tgan mavsum chempioni bo‘lgan «Lokomotiv» qishki transfer bozorining o‘zida uch yetakchi futbolchisi bilan xayrlashdi. Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedovdan oldinroq Server Jyeparov Eronning «Istiqlol» klubi a'zosiga aylangandi.

«Lokomotiv» ularning o‘rniga ikki nafar afrikalik legioner futbolchi bilan shartnoma imzolagan. Bular ivuarlik himoyachi Mohamed Kone va hujumchi Gnohore Krizo.

Avvalroq «Lokomotiv» klubi «Nasaf» himoyachisi Shuhrat Muhammadiyev va «Olmaliq» yarim himoyachisi Diyor Turopov bilan shartnoma tuzgandi.

Top