08:01 / 17.01.2017
26895

Oyga oyog‘i tekkan oxirgi inson vafot etdi

Koinotda uch marta bo‘lgan, Oyda inson tomonidan aytilgan oxirgi so‘zlar muallifi, amerikalik fazogir Yujin Sernan 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda NASA saytida ma'lum qilindi

Sernan 1963 yil oktabrda Oyga parvoz qilish uchun tanlab olingan 14 fazogirdan biri bo‘lgan. 1966 yilda u Gemini 9A raketasining 2-uchuvchisi sifatida, 1969 yilda Apollo 10’da uchuvchi va 1972 yilda Apollo 17’da sardor sifatida koinotga parvoz qilgan.

"Oyni Taurus-Littrov tumanida tark etarkanmiz, biz qanday kelgan bo‘lsak, shunday ketamiz va Tangri ko‘magida butun insoniyat uchun tinchlik va umid bilan qaytamiz. Apollo 17 ekipajiga omad", deb aytgan Sernan Oyni tark etarkan. Aynan uning shu so‘zlari Oyda inson tomonidan aytilgan so‘nggi so‘zlar hisoblanadi.

Sernan shuningdek Oy sirtida qizi ismi-sharifining birinchi harflari: TDC yozuvini bitgan.

Mavzuga oid
Top