10:17 / 17.01.2017
5558

“Yuventus” o‘zining yangi logotipini ko‘rsatdi

Italiyaning “Yuventus” futbol klubi jamoaning yangi logotipi va vizual bezagini taqdim etdi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jurnalistlar uchun yopiq holda o‘tkazilgan maxsus tadbir dushanba kuni o‘tkazildi hamda klub rasmiy saytida translyatsiya qilindi. Yangi logotip klub prezidenti Janni Anelli tomonidan taqdim etilgan. U 2017 yilning iyulidan boshlab ishlatilishi ma'lum qilindi.

“Yangi logotip bizning o‘zgacha yo‘nalishimizdan darak beradi”, - dedi prezident.

Ma'lumot uchun, “Yuventus” – Italiya klublari orasida eng ko‘p sovrinlar sohibiga aylangan jamoalardan biri bo‘lib, mamlakat chempionati va kubogi bahslarida g‘alaba qozonish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Turinliklar 32 bora Italiya chempioni, 11 bora Italiya kubogi sohibiga aylanishgan. Bundan tashqari, “Yuventus” yettita mamlakat superkubogi, ikki bora Chempionlar ligasi va UYeFA superkubogi, uch marta UYeFA kubogi g‘olibiga aylangan.

Top