O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi farmoni bilan tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashda qo‘shgan katta hissasi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizovga general-mayor unvoni berildi, deb yozmoqda Uznews.uz.
Shuningdek, Prezidentning farmoni bilan Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari, Jinoyat qidiruv va terrorchilikka qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i Nazarmuxamedov Davron Obitovichga ham general-mayor unvoni berildi.
Ikki nafar podpolkovnik – Muhamedov O‘tkurbek (O‘zbekiston IIV Akademiyasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari) va Abdullayev Alisherga (O‘zbekiston IIV Akademiyasi boshlig‘ining moddiy-texnik ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari) polkovnik unvonlari taqdim qilindi.