18:55 / 18.01.2017
297528

25 yoshli ayol o‘z o‘quvchisi bilan jinsiy aloqa qilgani uchun 10 yilga qamaldi

Foto: AP

25 yoshli amerikalik Aleksandriya Vera sudda 2015 yil noyabridan 13 yoshli o‘quvchisi bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lganini tan oldi. O‘rta sinflar o‘qituvchisi bo‘lgan Veraga homilador bo‘lib qolgani ham, o‘quvchisi oilasining qo‘llab-quvvatlovi ham yordam bermadi – u bu qilmishi uchun 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu voqeani The Washington Post nashri so‘zlab berdi.  

Xyustondagi o‘rta maktabning 8-sinf o‘qituvchisi bo‘lgan Vera 2016 yil iyunda hibsga olingan. Unga yosh bola ustidan uzoq davom etgan jinsiy zo‘ravonlik qilish aybi qo‘yildi. Vera bu modda bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin edi, biroq u aybiga iqror bo‘lgani sababli uning qamoq jazosi 30 yilga qisqargan.     

Veraning aytishicha, u yosh mash'ug‘ini 2015 yilda yozgi maktabda uchratib qolgan. Ayol bolaning iltifot ko‘rsatishlarini uzoq vaqt e'tiborsiz qoldirib kelgan, biroq kuzda u bilan uchrashuvga chiqishga rozi bo‘lgan, shundan keyin ular orasida ishqiy munosabatlar yuzaga kelgan. Qizning aytishicha, uning oilasi bu ishqiy munosabatlarni ma'qullagan.

Tergovning ta'kidlashicha, Vera o‘z mash'ug‘ining oilasiga g‘amxo‘rlik qilgan, ularga oziq-ovqatlar xarid qilgan, ularning qarzlarini to‘lab bergan va bolani otasi bilan birga uyiga olib kelib yurgan. Qo‘shnilarga esa go‘yoki bolaning otasi bilan munosabatda ekandek ko‘ringan, bolani esa ukasi deb atagan. Biroq Veraning 6 yoshli qizi asl vaziyatdan xabardor bo‘lgan va bolani "dada" deb atab yurgan. 

Tergov 2016 yil boshida maktab direktori politsiyaga murojaat qilgandan keyin boshlangan. Veraning aytishicha, aynan shu vaqtlarda u o‘quvchisidan homilador bo‘lib qolgan. Bolaning oilasi uni qo‘llab-quvvatlagan, biroq ijtimoiy xizmatda so‘roq qilingandan keyin homilani oldirib tashlagan.

Tergov ayol uzoq vaqt yon-atrofdagilarni aldab kelganini vaj qilgan. Sudda o‘qituvchi bolalarga xavf solmasa-da, bu hukm bilan jamiyatga signal berib, o‘qituvchilar o‘quvchilari bilan ishqiy munosabatlarga kirishmasligi kerakligini ko‘rsatib qo‘yishga qaror qilingan. 

Mavzuga oid
Top