08:23 / 18.01.2017
8535

«Florida mergani» IShID nomidan aeroportga hujum qilgan

Foto: Getty Images

AQShning Florida shtati Fort-Loderdeyl aeroportiga qurolli hujum qilgan Esteban Santyago bu jinoyatini IShID terrorchi guruhi tomonidan amalga oshirganini aytgan. U federal qidiruv byurosi (FQB)ga bergan ko‘rsatmalarida shunday degan, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.

Shu bilan birga, FQB agenti Maykl Ferlatstso, gumonlanuvchi jangarilar bilan aloqasi bo‘lgani yoki terrorchilar guruhi unga shunchaki ta'sir etgani xususida aytganlariga oydinlik kiritmagan. 

Santyago hujumdan avval, maxsus xizmatga uning ongini MRB boshqarayotganini aytgan. Biroq, Ferlatstsoning so‘zlariga ko‘ra, otishmadan keyingi so‘nggi tergovda jinoyatchi bunday bayonot bermagan. 

Avvalroq, aeroportda otishma sodir etgan jinoyatchiga ayblov e'lon qilingani, unga o‘lim jazosi tayinlanishi mumkinligi xabar qilingan edi. 

6 yanvar kuni Fort-Loderdeyl aeroportida sodir etilgan otishmada 5 kishi halok bo‘lgan, 45 kishi tan jarohati olgan edi. Ushbu jioyatda 26 yoshli Esteban Santyago gumon qilinmoqda. 

Mavzuga oid
Top