11:55 / 18.01.2017
12314

Foto: Tarmoqlarda «Barselona»ning 2017/2018 yilgi mavsumi uchun liboslari surati tarqaldi

Kataloniyaning «Barselona» klubi 2017/2018 yilgi mavsumda kiyib tushishi taxmin qilinayotgan liboslar dizayni tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Jamoaning asosiy libosi har doimgidek ko‘k-anorrangli tusda bo‘ladi. Faqat ranglar orqali tasvirlangan qatorlar hozirgiga qaraganda ingichkaroq va ko‘proq bo‘lgan. Shuningdek, yangi mavsumdan boshlab jamoa libosida titul homiy sifatida Rakuten riteyleri brendi aks etadi.

Quyidagi fotoda jamoaning kelgusi mavsum uchun kiyadigan uy, mehmon va uchinchi libosi tasvirlangan.

Top