08:26 / 18.01.2017
8949

Xitoy Shinjon-Uyg‘ur muxtor o‘lkasida yo‘llar qurishga rekord miqdordagi mablag‘ ajratdi

Foto: RIA

Xitoy hukumati 2017 yilda mamlakat shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur muxtor o‘lkasida tezyurar yo‘llar qurilishiga 170 milliard yuan (24,8 milliard AQSh dollari) sarflamoqchi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan olti baravarga ko‘proq, deb yozadi China Daily gazetasi islohotlar va rivojlanish mahalliy qo‘mitasi rahbari Chjan Chunlinga asosan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Shinjonda 2017 yilda 6 ming kilometrdan ortiq tezyurar trassalar qurilishi boshlanadi.

Bundan tashqari, hududga temir yo‘llar qurilishi uchun 8,1 milliard yuan mablag‘ ajratiladi. Bu esa 2016 yilga nisbatan 50 foizga ko‘proq. Fuqarolik aviatsiyasi rivojiga ajratiladigan investitsiyalar hajmi joriy yilda 50 foizga oshib, 4,8 foizni tashkil etadi.

Chjan Chunlinning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hududining oltidan bir qismiga teng maydonga ega mintaqada tezyurar yo‘llar tarmog‘ini qurish birinchi galdagi vazifadir. 

Nashrning ta'kidlashicha, yangi obektlar mahalliy aholi uchun ko‘proq yangi ish o‘rinlari yaratib, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi.

Top