20:27 / 18.01.2017
8801

Klichko Davosda "hayot – kurash" deb aytdi

Kiyev meri Vitaliy Klichko Davosda boshlangan Jahon iqtisodiy forumi ishtirokchilariga "hayot – kurash" deb aytdi.

"Men bu zalda ko‘plab yoshlarni ko‘rayotganimdan xursandman. Shuni aytmoqchimanki, "hayot – kurash". Kurashish kerak. Bu qarashlarimiz, qadriyatlarimiz, maqsadlarimiz va orzularimiz uchun kurashdir. Siz qanday qarashga egasiz? Sizda qanday qarashlar va qadriyatlar bo‘lishi muhimdir. O‘z shahring, o‘z vataning qarashlarini shakllantirish kerak. Agar siz atrofingizdagi olamni o‘zgartirishga urinmasangiz, hech narsa o‘zgarmaydi. Shunda nafaqat o‘z shaharlaringiz va davlatlaringiz, butun dunyoning kelajagi o‘zgaradi", deb aytdi. 

Kiyev meri forum ishtirokchilariga "ko‘plab odamlarning istaklari – demokratiya, tinchlik, erkinlik, iqtisodiy va siyosiy muvaffaqiyat…" ekanligini aytdi.

Davosdagi forum 17 yanvarda boshlandi.

Mavzuga oid
Top