12:29 / 18.01.2017
5644

CES 2017 ko‘rgazmasida Dolby Vision texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi Bluray-pleyer taqdim etildi

LG UP970 pleyeri Hollivudning yirik kinostudiyalari tomonidan Dolby Vision Ultra HD formatidagi Blueray-disklarini namoyish etishda mutlaq yuqori sifatni ta'minlaydi

LG Electronics (LG) kompaniyasi va Dolby Laboratories, Inc. hamkorlikda LG UP970 Ultra HD Bluray-pleyerini namoyish etdi. Bu LG kompaniyasining 4K o‘lchamidagi va Dolby Vision™ texnologiyasini hamda HDR tasvirni dinamik diapazonini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlovchi ilk Bluray-pleyeri hisoblanadi*.

LG UP970 Ultra HD Bluray-pleyeri mutlaq yorqin va jonli tasvirni aks ettiradi. HDR texnologiyasi Dolby tizimi bilan jihozlangan dunyoning eng zamonaviy kinoteatrlarida qo‘llaniladi. Dolby Vision texnologiyasi esa uy televideniyesidagi yangi so‘zdir. Bu texnologiya tasvirning yorqinligi va kontrastligini kuchaytiradi hamda boy ranglar jilosini kengaytiradi. Dolby kompaniyasining kinematografiya texnologiyalarini xo‘jalik texnikalarida qo‘llash bo‘yicha ulkan tajribasi sababli Dolby Vision texnologiyasi tasvirlarning o‘ta sifatli bo‘lishini ta'minlaydi. Dolby Vision funksiyasi UP970 pleyerlarida proshivkasining navbatdagi yangilanishidan so‘ng paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, UP970 HDR’ning ikki formati va umumiy hisoblanuvchi HDR10 formatiga ham mos keladi. Bu, o‘z navbatida, iste'molchiga HDR formatidagi har qanday videomahsulotni tomosha qilish imkonini beradi.

LG UP970 pleyeri bilan nafaqat sevimli materiallaringizni HDR formatida tomosha qilishingiz, balki Dolby Vision videoroliklari va musiqiy kliplaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Dolby Vision texnologiyasi kontentni yaratish, tarqatish va ekranda aks ettirishdagi barcha bosqichni birlashtiradi. Bugungi kunda, Dolby Vision formatida 80dan ortiq film suratga olingan. Jahondagi OTT-provayderlari, hozirdanoq, Dolby Vision formatidagi 100dan ortiq original mahsulotlarni tomoshabin e'tiboriga havola etadi. 2017 yili foydalanuvchilar Dolby Vision formatidagi videomahsulotlarni Ultra HD Blu-Ray disklarida ham qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, LG UP970 pleyeri tasvirlarni yaxshilovchi boshqa texnologiyalar bilan ham jihozlangan. LG UP970 pleyeri, ITU-R BT.2020 standartini, yuqori samarali HEVC videoni kodlash formatini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Pleyer Dolby True HD, Dolby Atmos va DTS-HD Master Audio kabi turli zamonaviy audioformatlarga ham mos keladi. Shu sababli, uydagi va kinoteatrdagi tasvir hamda tovush sifati farqlanmaydi.

UP970 pleyeriga ikkita HDMI-porti, Ultra HD formatidagi videosignallarni uzatish uchun HDMI 2.0a porti va Hi-Fi tasnifidagi tovush qurilmalariga audiosignallarni uzatuvchi HDMI 1.4 porti joylangan. Ethernet va Wi-Fi tarmog‘iga ulana olishi Netflix va YouTube saytlaridagi videolarni tomosha qilish imkonini beradi. USB-port esa, fleshkalardan foydalanishni osonlashtiradi.

«Dolby Vision texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi LG UP970 Ultra HD Bluray pleyeri kompaniyaning HDR formatidagi mahsulotlarni uy sharoitida ham eng yuqori sifatda ko‘rish ehtimolini barpo etishga sodiqligini tasdiqlaydi», — deydi LG Home Entertainment prezidenti va bosh ijrochi direktori Brayan Kvon (Brian Kwon). – Biz innovatsiyalar sohasida Dolby kabi hamkor bilan ishlashdan mamnunmiz, bu OLED- va Super UHD-televizorlarimizda eng zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish imkonini beradi».

«Dolby — bu turli xil uy ko‘ngilochar tizimlari to‘plami bo‘lib, u allaqachon hayotga tatbiq etilgan», — degan Dolby Laboratories kompaniyasining Consumer Entertainment guruhi katta vitse-prezidenti Gils Beyker (Giles Baker). – LG kompaniyasi bilan Ultra HD Bluray-pleyerlarimizda Dolby Vision texnologiyasini qo‘llash tasvirlarni aks ettirishning eng yuqori formatini ta'minlaydi. Bu butun dunyodagi iste'molchilarni xursand qiladi».

CES 2017 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar LG kompaniyasining Dolby Vision texnologiyasiga ega Ultra HD Bluray-pleyeri bilan Las Vegas Convention Center paviloni, markaziy zali, № 11100 stendida tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

—————————————-

*Dolby Vision texnologiyasi joriy yilda LG kompaniyasi bilan birga dasturiy ta'minot yangilanganidan so‘ng paydo bo‘ladi.

# # #

LG Electronics kompaniyasi haqida

LG Electronics, Inc. (KSE: 066570.KS) yuqori texnologiyali elektronika mahsulotlari, zamonaviy mobil aloqa vositalari, xo‘jalik texnikalari va innovatsiyalar sohasida jahonning yetakchi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning butun dunyodagi 119 ta bo‘limida 83,000 ming kishi faoliyat yuritadi. LG kompaniyasi to‘rtta bo‘lim: Home Entertainment, Mobile Communications, Home Appliance & Air Solution va Vehicle Components’dan tashkil topgan bo‘lib, ularning jahon bo‘ylab 2015 yildagi umumiy savdosi 48.8 mlrd AQSh dollaridan iborat bo‘lgan (56.5 trln koreya voni). LG Electronics, shuningdek, tekis panelli televizorlar, mobil telefonlar, havo sovutgichlari, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, LG Electronics 2015 yilgi ENERGY STAR Partner of the Year mukofoti sovrindori hisoblanadi. Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun www.LGnewsroom.com saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top