23:43 / 18.01.2017
11880

Rolls-Royce xitoylik milliarderga oltindan ishlangan limuzinlar yaratdi

Foto:Rolls-Royce Motor Cars

Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce avtomobilsozlik kompaniyasi Rolls-Royce Motor Cars Phantom modelining ikkita qimmatbaho nusxasi yaratilganini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniyaning korporativ aloqalar bo‘yicha rahbari Frank Timann ma'lum qildi.

Avtomobillar xitoylik milliarder Stiven Xun buyurtmasiga ko‘ra yaratilgan. Avtomobillar kuzovlari 999-namunadagi oltin bilan qoplangan, kapotda tasvirlangan emblemaga 750-namunadagi 97,1 gramm oltin ketgan. RR monogrammasi emaldan tayyorlangan va 336 ta brilliant bilan o‘ralgan. Kuzov yonidan ketgan chiziq Mark Kurtga tegishli. 

Ikkita shunday avtomobilni Gudvuddagi zavodda yaratish uchun bo‘yash vaqtida istalgan iflos bo‘lmasligi maqsadida maxsus qurilma o‘rnatilgan. Bo‘yoq 10 qatlam qilib uriladi, qatlamlardan biri qalinligi 40 mikrometrli oltin, oyna va alyuminiy parchalaridan iborat bo‘lib, avtomobil sirtiga jilo beradi. Mashina asboblar panelidagi soat Graff kompaniyasi zargar ustalari tomonidan yaratilgan. 

Mavzuga oid
Top