17:12 / 18.01.2017
14575

Toshkent shahar hokimligida uch kishiga fuqarolik pasportlari topshirildi

Toshkent shahar hokimligida uch nafar fuqaro - Ulugbek Tashmetov, Ilxam Tursunov hamda Nargiza Tursunovalarga fuqarolik pasportlari topshirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Ulug‘bek Tashmetov bundan 24 yil avval qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga ko‘chib kelgan va o‘tgan davr mobaynida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, poytaxtimiz yoshlarining tashabbuskor, intiluvchan vakillaridan biriga aylanib ham ulgurgan edi. Ammo uning O‘zbekiston fuqarosi emasligi  uzoq yillar davomida ushalmay kelayotgan armoni edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 179 nafar shaxsning arizalari qanoatlantirilib, ular O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. 

Toshkent shahar hokimligida mazkur farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan Ulugbek Tashmetov, Ilxam Tursunov hamda Nargiza Tursunovalarga fuqarolik pasportlarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Ularni shahar hokimi R. Usmanov topshirgan. 

Top