11:25 / 19.01.2017
10432

Ashxobodda 2017 yilgi Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahridagi Olimpiya shaharchasida 2017 yilning 18 yanvar kuni yopiq inshootlardagi hamda jangovar san'atlar V Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan ochiq matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlar Ashxobodda 2017 yilning 17-27 sentabr kunlari o‘tkaziladi. 

Matbuot anjumanida Turkmaniston TIV va Turkmaniston sport bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakillari, V Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita va mamlakat milliy olimpiya qo‘mitasi xodimlari, Turkmanistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy OAV jurnalistlari hamda diplomatlar, shuningdek, Turkmaniston OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir mamlakat milliy olimpiya qo‘mitasi vakilining kirish so‘zi bilan ochildi. Shundan so‘ng, V Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita vakili o‘yinlarni tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlar haqida ma'lumot berdi. 

Matbuot anjumanida yirik sport tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Top