13:34 / 19.01.2017
56779

Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionatida Novak Jokovichni mag‘lubiyatga uchratdi

Foto: ausopen.com

O‘zbekistonlik Denis Istomin jahonning eng kuchli tennischilaridan biri serbiyalik Novak Jokovichni Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘zbekiston vakili jahon reytingining 2-pog‘onasini egallab turgan sportchini 6:7 (8:10), 7:5, 6:2, 6:7 (5:7), 4:6 hisobida dog‘da qoldirdi. 

Denis uchrashuv davomida 15ta eys, 54 vinnerni amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, Novak Jokovich ushbu musobaqaning 2016 yilgi bahslarida zafar quchgan.

Endi Istomin to‘rtinchi bosqichga chiqish uchun ispaniyalik Pablo Karreno-Busta (30) bilan kuch sinashadi.

Suratlar manbasi: ausopen.com

Mavzuga oid
Top