20:02 / 19.01.2017
11575

Yetakchi reyting agentliklaridan biri O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti o‘sishi bo‘yicha prognoz berdi

S&P Global Ratings reyting agentligi 19 yanvarda "Bank sektorining dunyo bo‘ylab va sohaviy xatarlarini baholash: O‘zbekiston Respublikasi" hisobotini chop etdi. 

"Iqtisodiy disbalanslar" ko‘rsatkichi bo‘yicha bahoimizni qayta ko‘rib chiqqanimizdan keyin biz O‘zbekistondagi iqtisodiy xatar borasidagi tendensiyani "barqaror" deb baholaymiz. Joriy operatsiyalar hisobi profitsiti 0 foizdan sal ko‘proq darajaga qisqarganiga qaramasdan, bizning bazaviy ssenariymizda bu ko‘rsatkichning shu darajada barqarorlashishini prognoz qilamiz", deb aytildi agentlik hisobotida.

"Yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sishi sur'atlari kamayishi aftidan to‘xtaydi, real YaIM o‘sishi 2017-2018 yillarda yillik 6-7 foizni tashkil qilishi kutilmoqda. Fikrimizcha, nominal ifodada kreditlash o‘sishi yuqori sur'atlari ba'zi qiyinchiliklarni ifoda etadi, biroq bizningcha, ular umuman nominal ifodada iqtisodiy o‘sish sur'atlariga mos keladi va iqtisodiyotda "narx pufaklari" yuzaga kelishiga olib kelmaydi", deyilmoqda hisobotda. 

"Biz O‘zbekiston bank tizimidagi sohaviy xatar borasidagi tendensiyani "barqaror" sifatida baholaymiz. Fikrimizcha, tartibga solish talablarining takomillashishi, O‘zbekiston Markaziy bankining boshqaruvni yaxshilash choralari va kapitalning yetarligiga talablarning qat'iylashtirilishi davlatning mamlakat bank tizimiga aralashuvi darajasi oshishi bilan tenglashadi", deyilgan agentlikda.  

"Bizningcha, bank sektorida davlat ishtirokidagi banklarning ustun bo‘lishi raqobatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. O‘zbekiston banklarining fondlanishi davlat moliyalashtirishi va korporativ depozitlar hajmi oshishi evaziga barqaror deb baholanadi. Shu bilan birga chakana depozitlar o‘sishi sur'ati kamayishi va aktivlarning tez o‘sishi natijasida banklar kapitallashuvi ko‘rsatkichlari yomonlashishi mavjudligini qayd  qilamiz", deb xulosa qildi reyting agentligi.

Top