09:30 / 19.01.2017
17545

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 18 yanvarda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza ishlari majmuasi rahbari Adham Ikromovni qabul qildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati ma'lum qildi.  

Uchrashuv davomida Atamboyevga Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari delegatsiyalari tomonidan qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarida fikrlar bo‘yicha kelishib olish yuzasidan o‘tkazilayotgan birgalikdagi ish haqida ma'lumot berildi. Bu ishni jadallashtirish haqidagi kelishuv O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari uchrashuvi yakunlariga ko‘ra erishilgandi. 

Uchrashuvda shuningdek qirg‘iz-o‘zbek hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. 

Atamboyev Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash bo‘yicha choralarning ikki tomondan qo‘llab-quvvatlanishiga ijobiy baho berdi. 

Uchrashuvda shuningdek Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jyenish Razakov ham ishtirok etgan.

Top