10:30 / 19.01.2017
5194

OAV: Gondurasda taniqli jurnalist va yana 4 kishi o‘ldirib ketildi

Illyustrativ surat

Markaziy Amerikaning Gonduras davlatida besh kishi, shu jumladan taniqli jurnalist suiqasd qurboni bo‘ldi, deb xabar qilmoqda El Heraldo.

Ta'kidlanishicha, jurnalist Igor Padilya San-Pedro-Sula shahrida tasvirga olish chog‘ida otib ketilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, unga qandaydir ayol qo‘ng‘iroq qilgan va u pavilondan ko‘chaga chiqqan vaqtda politsiya libosini kiyib olganlar jurnalistni o‘qqa tutishgan.

Choloma shahridagi barlardan biriga noma'lum jinoyatchilarning xurujidan yana to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumgan, 5 kishi tan jarohati olgan. Jinoyatchilar barga kirishlari bilan o‘q uzgan chog‘larida mijozlar qarta o‘ynab o‘tirishgan bo‘lgan. 

Gonduras jinoyatchilik va zo‘ravonlik darajasi dunyodagi eng yuqori mamlakatlardan biri hisoblanadi. BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasiga ko‘ra, Gondurasda har yuz ming aholiga 90,4 qotillik to‘g‘ri kelishini ma'lum qilgan. Bunda qotilliklarning 70 foizi narkotrafik bilan bog‘liq. 
 

Mavzuga oid
Top