09:17 / 19.01.2017
5482

OAV: Lockheed F-35 qiruvchilarini sotish bo‘yicha Pentagon bilan kelishib oldi

AQShning Lockheed Martin Corporation aviasozlik kompaniyasi 9 mlrd dollarlik ko‘rinmas qiruvchi samolyotlarini sotish bo‘yicha Pentagon bilan shartnoma imzolashga tayyor. Bu haqda Reuters agentligi o‘z manbalariga asoslanib xabar qilmoqda

Ta'kidlanishicha, F-35 qiruvchi samolyotlarining shartnomadagi qiymati birinchi marta 100 mln dollardan past bo‘lgan.

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturini bir necha marotaba tanqid qilib, samolyotlar narxi asossiz ravishda qimmat ekanini aytgan edi. Natijada Lockheed F-35 qiymatini tushirishga va'da bergandi. 

Agentlikning 3 nafar manbasi so‘zlariga ko‘ra, Pentagonga 90 dona beshinchi avlod qiruvchi samolyotini 9 mlrd dollarga yaqin mablag‘ga sotish bo‘yicha bitim yanvar oyi oxirlarida e'lon qilinadi. 

Tramp 18 yanvar kuni F-35 qiruvchilarini ishlab chiqarish xarajatlarini 10 foizga kamaytirishga chaqirgan edi. 

Mavzuga oid
Top