09:35 / 19.01.2017
8427

Rossiya prezidenti Ugo Chaves sovrini bilan mukofotlandi

Arxiv surat

Venesuela prezident Nikolas Maduro, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ugo Chaves nomidagi tinchlik mukofoti laureati bo‘lgani haqida e'lon qildi. Bu haqda El Nacional yozgan.

Maduroning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro mukofot qo‘mitasi, birinchi sovrinni Putinga topshirishga qaror qilgan. 

«Biz Vladimir Putinni tinchlik, ko‘pqutbli dunyo yetakchisi deb bilamiz. Biz undan ko‘p narsani o‘rganayapmiz», — degan Maduro matbuot anjumanida. 

Venesuela prezidenti, shuningdek, Rossiya yetakchisining «dunyoni strategik ko‘ra olish qobiliyati»ni ham e'tirof etgan. Bundan tashqari, Maduro Rossiyaga tez orada tashrif buyurishiga umid bildirgan. 

Top