21:56 / 19.01.2017
5116
Turkiya hududida 5 yil ichida 180 000ga yaqin suriyalik bola dunyoga keldi
Foto: AA

2011 yildagi ziddiyatlar fuqarolik urushiga aylanib ketganidan buyon 180 000ga yaqin suriyalik bola Turkiyada dunyoga keldi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2011 yilning aprel oyidan 2016 yilning sentabriga qadar umumiy hisobda 177 568 suriyalik tug‘ilgan. 

Turkiya suriyalik qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha yetakchi davlat hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakat muhojirlarga yordam ko‘rsatish uchun jami 25 milliard dollarga ega. 

Bunday mas'uliyat muhojirlarni nafaqat turar-joy bilan ta'minlash, balki ularga tibbiy yordam ko‘rsatish, ta'lim berish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi. 

Ularga sakkiz dala shifoxonasi va qochqinlar lageridagi 65 tibbiyot markazida bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi. 

Top