19:16 / 19.01.2017
9093

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Turkiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2017-yilning 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmet Bashar Shen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Turkiya kun tartibining dolzarb masalalari, xususan turli darajalardagi ikki tomon uchrashuvlari jadvali bilan bog‘liq mavzular muhokama qilindi.

Top