16:02 / 20.01.2017
18213

Barcha ishtirokchi g‘olibga aylangan tanlov

Yangi yil munosabati bilan turli kompaniyalar ijtimoiy tarmoqlarda "like, share, tag"dan iborat an'anaviy aksiyalar tashkil etishdi. Ular orasida Murad Buildings tomonidan o‘tkazilgan katta masshtabdagi tanlov juda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Sababi, kompaniya yagona g‘olibga emas, balki tanlovning 5000dan ortiq barcha ishtirokchisiga sovg‘a taqdim etdi.  

 Unga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari kompaniya tomonidan qurilgan ajoyib Qorbola uchun nom o‘ylab topishi lozim edi. Tanlovda 5000dan ortiq ishtirokchi qatnashib, har biri tanlovning barcha shartiga rioya qilgan. 

Natijalarga ko‘ra, Qorbolaga "Umidjon" deya she'riy usulda nom bergan olti yashar Muhammadsodiq tanlov g‘olibiga aylandi va super-sovg‘a iPhone 7 (128 Gb) bilan taqdirlandi. G‘olibning she'riy javobi aks ettirilgan videoni quyida tomosha qilishingiz mumkin:

Murad Buildings kompaniyasi faol ishtirok, o‘zgacha yondoshuv va sarflangan vaqt uchun foydalanuvchilarga o‘z minnatdorchiligini izhor etish maqsadida tanlovning barcha qatnashchilarga ajoyib sovg‘alar tayyorladi. 

Shahrimizning Chilonzor tumanida qad rostlagan "Green City" turar-joy majmuasi uch kun davomida insonlarning tashrifi bilan gavjum bo‘ldi. Aynan shu yer har bir ishtirokchiga maxsus esdalik  sovg‘alar topshirildi. 

Tanlov shubhasiz, har bir ishtirokchiga kutilmagan sovg‘alar, iliq taasurot va ko‘tarinki kayfiyat bag‘sh etdi. Buni ishtirokchilarning samimiy tabassumidan ham sezish mumkin. 

Biz esa ertaklardagi shaharchani yodga soluvchi "Green City" turar-joy majmuasida bo‘lib, foydalanuvchilar fikri bilan o‘rtoqlashdik.

Dilorom Abduholiqova, g‘olibning onasi:

"Bizga bu tanlov haqida dadamiz xabar berdilar. Biz qanday nom berishni uzoq o‘ylab, uni she'riy ko‘rinishda taqdim etishga qaror qildik va unga Umidjon deya nom berdik. She'rda kompaniya yaratayotgan uylar ko‘zlarni quvontirib, barchaga yaxshi umid bag‘ishlashini aks ettirishga harakat qildik. O‘g‘lim Muhammadsodiq esa tabiatan juda faol, quvnoq bola bo‘lgani uchun she'rni o‘zi yod olib, tanlovda ishtirok etdi. To‘g‘risini aytsam, aynan biz bergan nom yutishini sira ham kutmagan edik. Sababi, ishtirokchilar soni juda ham ko‘p edi. Tanlov tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Nasib qilsa, yaqin kelajakda Murad Buildings barpo etayotgan uylardan harid qilish niyatidamz".

Nasiba Sultonova:

"Men ushbu tanlovni tashkil qilgan barcha tashkilotchilar, jumladan, Murod Nazarov va ularning oila a'zolariga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Kompaniya barchaga nafaqat Yangi yil kayfiyatini, balki yana bir bor bolalikka qaytish imkonini xadya qildi".

Galina Nikitina: 

"Odatda, ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etiladigan tanlovlarda xamma shtirokchilar ham g‘olib bo‘lavermaydi. Shu sababli bu juda ham ajoyib aksiya bo‘ldi. Ayniqsa, xodimlarning chiroyli kutib olishi va sovg‘alar ulashishi meni qattiq ta'sirlantirdi. To‘g‘risi, avvallari bu kabi aksiyani ko‘rmagan edim".

Gaitova Dilorom: 

"Tanlovlarda ishtirok etishni yaxshi ko‘raman. Biroq bu tanlovga o‘zgacha e'tibor qaratdim. Hech ham g‘olib bo‘lish nasib qilmagan edi. Tanlovda asosiy sovrinni qo‘lga kiritgan bolaning she'riy yo‘llanmasi menga juda ham manzur bo‘ldi. Umid bilan boshlangan har bir narsa chiroyli yakun topadi. Kompaniyaga ajoyib tanlov va sovg‘alar uchun tashakkur".

Dilshod Xasanov:

"Murad Buildings tomonidan qurilyotgan uylar shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib kelmoqda. Ular tomonidan o‘tkazilgan bu tanlov ham yana bir kompaniya har bir oilaga baxt ulashishini isbotladi".

Mahamadaliyeva Malika:

"Tanlov juda ham qiziqarli o‘tdi. Barcha bir-biridan ajoyib ismlar topishga kirishdi. Menga Qorbola ham, kompaniya yaratgan uylar ham juda yoqdi. Har xonadonning dizayni, loyihasi meni hayratga soldi. Barchasi did bilan qilingan".

Abdullayeva Gulnoza:

"Bu bizning xalqimiz uchun ajoyib tanlov bo‘ldi. Barcha ishtirokchilarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Uylarni ko‘rib ko‘zim quvondi. Xammamizga shunday fayzli uylarda yashash nasib qilsin".

Sodiqova Nodira:

"Men Murad Buildings kompaniyasi yanada ko‘kka ko‘tarilishini tilagan holda "Parvoz" degan nomni bergan edim. Albatta, bunday sovg‘alar berilishini sira ham kutmagan edim. Har safar Qorbolani ko‘rganimda tanlov haqida iliq taasurotlar yodimga keladi. Barcha tashkilotchilarga, Murod Nazarovga shunday ajoyib lahzalar uchun tashakkur aytaman".

Kim Irina:

"Tanlov yuqori darajada tashkil etilgan. Bizlarni kompaniya xodimlar iliq kayfiyat bilan kutib olishdi. Taasurotlar cheksiz. Bu binolarning loyihalari ham bizlarni maftun qildi. Shuningdek, tanlovda olti yashar bolaning g‘olib bo‘lgani haqqoniy bo‘ldi, deb  bilaman".

Isomiddinova Zulhumor va Rahmonov Rustambek:

"Sovg‘alarni o‘z vaqtida chiroyli qilib topshirishdi. Kelayotgan ishtirokchilarni kompaniya rahbari Murod akaning shaxsan o‘zi iliq kayfiyatda kutib olayotgani bizni juda ham quvontirdi. Vatanimiz tobora rivojlanib borayotganidan mamnunmiz". 

Ma'lumot o‘rnida: Bu kabi bayramlar Green City majmuasida yana tashkil etilishi kutilmokda. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bahor fasli boshlanib, bu yerga ekilgan yuzlab daraxtlar kurtak ocha boshlaganida, Murad Buildings'ning ananaviy sumalak shodiyonasi aynan Green City'da o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Maqolamiz so‘ngida insonlarga baxt ulashishda davom etayotgan kompaniyaning faoliyatiga zafarlar tilab qolamiz va tanlovning bosh sovrin egasi Abduholiqov Muhammadsodiqning mahsus interyusini taqdim etamiz. Tomosha qiling, marhamat:

Maqolani Feruza Avazova tayyorladi

Reklama huquqi asosida

Top