07:58 / 20.01.2017
27015

CNN Trampning inauguratsiyasi vaqtida o‘ldirilishi oqibatlari haqida so‘zlab berdi

CNN telekanali AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp 20 yanvarda inauguratsiya vaqtida o‘ldirilishining oqibatlari haqidagi reportajni modellashtirdi.

Rolik mualliflari Tramp, vitse-prezident va kongress rahbariyatiga hujum amalga oshiriladigan ssenariy tuzishgan.

Telekanalning ma'lum qilishicha, AQSh konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident va vitse-prezident o‘ldirilgan bo‘lsalar yoki biror bir sababga ko‘ra o‘z vazifalarini bajara olmasalar, davlatni vakillar palatasi spikeri boshqaradi, agar u bilan ham nimadir sodir bo‘lsa, unda bu vazifani senatning vaqtinchalik raisi yoki davlat kotibi boshqaradi.

Ta'kidlanishicha, Trampning inauguratsiyasi vaqtida Barak Obama ma'muriyati o‘z vakolatlarini topshirib bo‘ladi. Trampning vorisi hozircha tasdiqlanmagan, shuning uchun davlat rahbari vazifasini AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tom Shennon bajaradi.

Bundan tashqari, AQShda "vaqtinchalik voris" mavjud bo‘lib, uning ismi oshkor qilinmaydi. U inauguratsiyada ishtirok etmasligi kerak.

Avvalroq Trampning inauguratsiyasi vaqtida xavfsizligini xavfsizlik kuchlarining 28 ming xodimi ta'minlashi ma'lum qilingandi. 

Mavzuga oid
Top