09:40 / 20.01.2017
8891

Melburnda avtomobil piyodalar ustiga atayin haydab borildi, qurbonlar bor

Avstraliyaning Melburn shahri markazida noma'lum erkak avtomobilni bir guruh piyodalar ustiga atayin bostirib bordi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 20 dan ziyod inson jiddiy jarohatlangan. Jinoyatchi qo‘lga olindi, deb xabar berdi 9News Melbourne telekanali.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi avtomobilni yo‘l bo‘ylab kishilarni bosib ketishga harakat qilib haydagan. Markaziy ko‘chalardan biri politsiya tomonidan o‘rab olindi.

Guvohlarning xabar qilishicha, jinoyatchi politsiya xodimlariga qarata o‘t ochgan.

Mavzuga oid
Top