18:24 / 20.01.2017
30723

O‘zbekiston fuqarosi Rossiya hududiga avtomobil yukxonasida yashirinib kirmoqchi bo‘ldi

O‘zbekiston fuqarosi R. Matmuratov Rossiyaning Astraxan viloyatiga avtomobil yukxonasida yashirinib, kirib kelmoqchi bo‘lgan. U Rossiya hududiga 2017 yilning noyabriga qadar kirish huquqidan mahrum qilingan edi, deb xabar berdi 1news.uz.

Erkak birinchi omadsiz harakatidan so‘ng o‘ziga hamtovoq topgan – astraxanlik A. O‘rozaliyev.

O‘rozaliyev o‘tgan yilning oktabrida o‘z mashinasida Qozog‘istonga kelib, Matmuratov bilan uchrashadi. Ular rejani muhokama qilishgan: O‘zbekiston fuqarosi chegaragacha yo‘lovchi sifatidan boradi, undan keyin, Rossiyadagi o‘tkazish punkti yaqinida yukxonaga joylashib oladi. O‘rozaliyev esa ma'lum bir mablag‘ evaziga uni RF hududiga muammolarsiz olib kirib qo‘yishni va'da qiladi. Shunday bo‘ldi ham, biroq «Karauzek» o‘tkazish punktida avtomobil chegarachilar tomonidan to‘xtatildi.

O‘zbekiston fuqarosi davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tgani uchun 11 oyga koloniya-qishloqqa yuborildi. Uning hamtovog‘i esa 60 ming rubllik jarimaga tortilgan.

Top