22:49 / 21.01.2017
6832

APL. Runi so‘nggi daqiqalarda «MYu»ni qutqarib qoldi va boshqa natijalar

Angliyaning premer-ligasining 22-turidan o‘rin olgan yana 5ta uchrashuv yakunlandi.

«Stok Siti» o‘z uyida «Manchester Yunayted»ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Mataning avtogoli mezbonlarga g‘alaba keltirishi mumkin edi, biroq ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan 4-daqiqada Ueyn Runi jarima zarbasidan, o‘zining jamoadagi 250-golini kiritib, manchesterliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shuningdek, bu turda yana bir uchrashuvda durang qayd etildi. «Bornmut» o‘z uyida «Uotford» bilan jangovar durang qayd etgan bo‘lsa, «Vest Hem» va «Everton» mehmonda g‘alaba bilan qayd etdi. «Vest Bromvich» esa o‘z uyida «Sanderlend»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Angliya premer-ligasi, 22-tur

Vest Bromvich – Sanderlend 2:0 (2:0)

Gollar: Fletcher (30), Brant (36).
Vest Bromvich: Foster, Douson, Makoli, Nom, Brant, Fletcher, Yakob, Morrison (Livermor, 72), Shadli (Makkleyn, 81), Fillips, Rondon (Robson-Kanu, 87).
Sanderlend: Mannone, Jilobodji, O′Shi, van Anxolt, Denayyer (Borini, 79), Yanuzay (Anichebe, 66), Roduell, Larsson, Xanimen, Djons, Defo.

Kristal Pelas – Everton 0:1 (0:0)

Gol: Koulmen (87).
Kristal Pelas: Xennessi, Dileyni, Uord, Tomkins, Denn, Panchon, Makartur, Kabay (Ledli, 72), Shlupp (Taunsend, 88), Remi (Li Chun Yun, 61), Benteke.
Everton: Robles, Uilyams, Funes Mori, Beyns, Xolgeyt, Berri (Shnayderlin, 59), Devis, Miralyas (Lukman, 72), Barkli (Djagelka, 90), Koulmen, Lukaku.

Bornmut – Uotford 2:2 (0:1)


Gollar: 0:1 – 24 Kabasele, 1:1 – 48 King, 1:2 – 64 Dini, 2:2 – 82 Afobe.
Bornmut: Boruts, Kuk, Deniels, Smit, Mingz, Serman, Uilsher, Freyzer (Pyu, 81), Stanislas (Afobe, 74), King (Ayb, 74), Uilson.
Uotford: Gomes, Predl, Britos, Xolebas, Kabul, Kleverli, Kapu, Dukure (Igalo, 88), Kabasele (Ketkart, 85), Okaka Chuka (Yanmat, 62), Dini.

Midlsbro – Vest Xem 1:3 (1:2)

Gollar: Stuani (27) – 9 Kerroll (9, 43), Kaleri (90).
Midlsbro: Valdes, Espinosa, Chembers, Frend, Gibson, Kleyton, Traore, de Ron, Forshou (Jyested, 83), Stuani (Bemford, 80), Negredo.
Vest Hem: Rendolf, Rid, Kressuell, Bayrem, Ogbonna, Nobl (Fernandesh, 54), Obiang, Lansini, Feguli (Kollinz, 83), Antonio, Kerroll (Kaleri, 67).

Stok Siti – Manchester Yunayted 1:1 (1:0)

Gollar:  Mata (19, avtogol)  – Runi (90+4).
Stok Siti: Grant, Shoukross, Piters, Djonson, Martins Indi, Uelan, Adam (Afellay, 63), Allen, Shaqiri (Ngoy, 73), Arnautovich (Imbula, 88), Krauch.
Manchester Yunayted: De Xea, Valensiya, Smolling, Djons, Blind, Pogba, Errera, Mata (Runi, 67), Fellayni (Reshford, 56), Mxitaryan (Lingard, 73), Ibrahimovich.

Top