21:30 / 21.01.2017
4021

BI: Microsoft butun dunyo bo‘ylab yana 700 ta xodimini qisqartirmoqchi

Microsoft dunyo bo‘ylab xodimlari sonini yana 700 kishiga qisqartirmoqchi, deb yozmoqda Business Insider nashri. Shu tariqa kompaniya ishchi jarayonlarni optimallashtirmoqchi.

BI manbalariga ko‘ra, qisqartirish haqida 26 yanvarda e'lon qilinadi. Qisqartirishlar aniq bir bo‘limga qaratilgan bo‘lmaydi va kompaniyaning barcha davlatlardagi ishining barcha yo‘nalishlariga taalluqli bo‘ladi.

Bu qisqartirish kompaniyaning umumiy xodimlari soniga ta'sir qilmaydi. Hozirda bu miqdor 113 ming kishini tashkil qilmoqda. Biroq doimiy qisqartirishlar haqidagi xabar kompaniya xodimlariga bosim o‘tkazadi. Kompaniya oxirgi marta 2016 yil iyunda qisqartirishlar haqida e'lon qilgandi, o‘shanda 2850 kishi bo‘shatib yuborilgan.

Kompaniya bunday qisqartirishlar bilan aniq bo‘limlarda xarajatlarni kamaytirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan. Kompaniya shu yo‘l bilan o‘z pozitsiyasini o‘zgartirib, o‘z malakalarini kompaniya uchun optimal usulda qo‘llay olishi mumkin bo‘lgan odamlarni topish uchun turli bo‘limlarida xodimlarni yangilaydi.

Microsoft qisqarishga tushgan xodimlariga kompaniyada boshqa bir pozitsiyada ish topish uchun 60 kun muxlat beradi. Kompaniya 2015-2016 yillarda umumiy hisobda 7 mingdan ko‘proq xodimini bo‘shatib yuborgan, 2014 yil o‘rtalarida esa ish o‘rinlari sonini 18 mingtaga kamaytirgan. 

Mavzuga oid
Top