00:21 / 21.01.2017
27008

Istanbulda xavfsizlik boshqarmasi binosi granatomyotdan o‘qqa tutildi

Istanbuldagi Vatan ko‘chasida joylashgan xavfsizlik boshqarmasi binosi noma'lumlar tomonidan granatomyotdan o‘qqa tutildi, deb xabar bermoqda DHA axborot agentligi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, snaryadlar binoga tegmagan. Jabrlanganlar haqida hech narsa ma'lum qilinmagan. Voqea joyiga ko‘p miqdorda politsiyachilar yetib kelgan, bosqinchilarni qidirish boshlab yuborilgan. 

Mavzuga oid
Top