23:27 / 21.01.2017
8193

Runi «MYu»ning yangi rekordchisiga aylandi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi APLning 22-turi doirasidagi «Stok Siti»ga qarshi uchrashuvda so‘nggi daqiqalarda gol kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bu gol 31 yoshli hujumchi uchun klub safida barcha musobaqalarda kiritgan 250-goli bo‘ldi.

Natijada, Runi bu ko‘rsatkich bo‘yicha avvaliga rekordchi Bobbi Charltonni ortda qoldirdi va «Yunayted»ning barcha davrlaridagi eng yaxshi to‘purariga aylanib oldi.

Top