18:33 / 21.01.2017
9607

Tashqi ishlar vazirligi hay'atining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi

2017-yilning 21-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hay'atining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov olib borgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida belgilangan topshiriqlar nuqtayi nazaridan TIV markaziy apparati va xorijdagi muassasalar faoliyati har tomonlama tahlil qilindi. 

Uchrashuvda vazirlik apparati, O‘zbekistonning chet davlatlardagi elchixonalari, xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonalari, konsullik muassasalari ishiga tanqidiy baho berildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar va kengashlar) faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘grisida”gi qarorini ijro etish choralari belgilandi. 

Majlis ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirok etdi.

Top