00:04 / 21.01.2017
7834

Tramp AQSh prezidentining tvitterdagi akkauntiga kirishga ruxsat oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp qasamyod keltirgandan keyin prezidentning Twitter’dagi akkauntiga kirishga ruxsat oldi. 

Avvalroq @POTUS (AQSh prezidentining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi) akkaunti AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaga tegishli bo‘lgan. Hozircha sahifada birorta tvit yozilmagan. Bundan tashqari, akkaunt egasi o‘zgargandan keyin obunachilar ro‘yxati nolga keltirildi. Ayni vaqtda unga 4 mln foydalanuvchi obuna bo‘ldi va ular soni oshib bormoqda. 

Trampning rafiqasi Melaniya Tramp ham AQShning birinchi xonimi rasmiy akkaunti @FLOTUS’ga kirishga ruxsat oldi.

Biroq, avvalroq ma'lum qilingandek, Tramp prezident akkauntidan emas, balki shaxsiy @realdonaldtrump akkauntidan foydalanmoqchi. Trampning tvitterdagi akkauntiga 18,5 mln foydalanuvchi obuna bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top