17:22 / 21.01.2017
7019

Zarardan foydagacha: General Electric 2016 yilda 8,5 milliard dollar ishlab topdi

Amerikaning texnologiyalar konserni General Electric 2016 yil yakunlariga ko‘ra 8,54 milliar dollar sof daromadga ega bo‘ldi. Bir yil avval esa 5,79 milliard dollarlik zarar kuzatilgandi, deyiladi kompaniya hisobotida. Ijobiy ko‘rsatkichlarga elektr energetika va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalarning samarali faoliyati tufayli erishilgan. IV chorakda GE’ning daromadi bir yillik nisbatda 43 foizga tushib ketdi – 3,66 milliard dollargacha.

Kompaniya sof daromadi chorak yakunlariga ko‘ra 45 foizga pasaydi – 3,486 milliard dollargacha (yoki bir aksiya uchun 0,39 AQSh dollari). Ularning asosiy qismi aksiyadorlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu boradagi kirim esa 2 foizga qisqardi – 33,09 milliard dollargacha.

General Electric’ning 2016 yildagi daromadi yillik nisbat bilan olganda 5 foizga oshgan – 123,7 milliard dollargacha. Kirim IV chorakda 2015 yilning shu davriga nisbatan 2 foizga tushib ketdi – 33,09 milliar dollar.

General Electric aksiyalari qiymati hisobot e'lon qilingach esa 0,13 foizga arzonlashdi – bir qog‘oz uchun 31,2 AQSh dollarigacha.

Top